Выберите язык

    Navbahor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi dorixonalarda jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Jarayon davomida dorixonalarda iste’molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishi, ularning sifati hamda yaroqlilik muddatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ Zero, dori vositalarining sifati va xavfsizligi inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois ularni saqlash, realizatsiya qilish va iste’molchilarga taqdim etishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi muhim ahamiyatga ega.
✅ Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlaridan asosiy maqsad — iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, dorixonalarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda aholining sifatli va xavfsiz dori vositalaridan foydalanishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
🤝 Navbahor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening