Uzun tumanida aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati ijobiy hal etildi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Uzun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Uzun tumani “Ulanqul” MFY, Beshtom qishlog‘ida yashovchi fuqaro S. Qo‘ziyeva 2026-yil 9-sentabr kuni jamiyatga murojaat qilib, mahalladagi ichimlik suvi ta’minotida yuzaga kelgan muammo sababli yangi suv nasosini o‘rnatishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yuzasidan Uzun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Surxondaryo Suv ta’minoti” AJ Uzun tuman filiali bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Beshtom qishlog‘idagi suv inshooti va tarmoqlarida nosozlik mavjudligi, shu sababli ichimlik suvi ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga kelgani aniqlandi.
Muammoni bartaraf etish maqsadida nosoz suv nasosi o‘rniga qiymati 12 000 000 so‘mlik yangi “6 ESZ” rusumli suv nasosi o‘rnatildi.
Natijada mavjud nosozliklar bartaraf etilib, Beshtom qishlog‘idagi aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi. Mazkur ma’lumot Uzun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining rasmiy javob xatida ham qayd etilgan.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy jihatdan ijobiy hal etilib, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
Iste’molchi murojaati — e’tiborda! Fuqarolarning kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
























