Выберите язык

Sho‘rchi tumanida fuqaroning internet xizmati bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Sho‘rchi tumani “Xayrabot” mahallasida yashovchi fuqaro Mahatova Roziya tomonidan yo‘llandi.

Fuqaro jamiyatga og‘zaki murojaat qilib, tuman telekommunikatsiya bo‘linmasi tomonidan uni oldindan ogohlantirmasdan xonadonidagi internet xizmatini 160 000 so‘mlik tarif rejasiga o‘tkazib qo‘yilganini bildirgan.

Murojaatchining ma’lum qilishicha, u avvaldan 150 000 so‘mlik tarif rejasidan foydalanib kelgan va mazkur tarif o‘zi uchun qulay bo‘lgan. Shu sababli fuqaro avvalgi 150 000 so‘mlik tarif rejasiga qaytarishni so‘ragan.

Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida fuqaroning talabi inobatga olinib, internet xizmati avvalgi 150 000 so‘mlik tarif rejasiga qaytarib o‘tkazildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning o‘zi uchun qulay bo‘lgan tarifdan foydalanishi ta’minlandi.

Mazkur holat iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha o‘zgarishlar haqida ularni tegishli tartibda xabardor qilish, shuningdek, iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir iste’molchi o‘ziga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning shartlari va tariflari bo‘yicha ma’lumot olish hamda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening