Выберите язык

Bilim, malaka va natijadorlik — faoliyat samaradorligining muhim mezoni

Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning VI oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha past natija qayd etgan tuman va shahar jamiyatlari faoliyati tahlil qilinib, II chorak yakuniga qadar ko‘rsatkichlarni yaxshilash, ish samaradorligini oshirish hamda Federatsiya tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumki, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini targ‘ib qilish hamda jamoatchilik nazorati tadbirlarini sifatli tashkil etish Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda yig‘ilishdan so‘ng tuman va shahar jamiyatlari mutaxassislari, monitoring yo‘nalishi xodimlari hamda murojaatlar bilan ishlash inspektorlari ishtirokida savol-javob shaklida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida amaldagi qonunlar, qarorlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi tartib-taomillar, murojaatlar bilan ishlash, monitoringlarni sifatli o‘tkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan savollar berildi.
Suhbat jarayonida mutaxassislarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, yetarli natija ko‘rsata olmagan xodimlarni qayta o‘qitish, ularning malakasini oshirish hamda soha uchun bilimli va mas’uliyatli kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar jamiyat mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, ish tajribasini boyitish va iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening