Выберите язык

Termiz shahrida uy-joy masalasi bilan bog‘liq iste’molchi murojaati o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sherobod tumanida yashovchi fuqaro U.R. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, Termiz shahrida joylashgan qurilish kompaniyasi bilan 2025-yil 12-dekabr kuni 2 xonali uy-joy uchun shartnoma tuzgani, biroq shartnoma shartlari to‘liq bajarilmagani hamda xonadon o‘z vaqtida topshirilmaganidan norozi ekanini bildirgan.

Murojaatda fuqaro mazkur holat natijasida uy-joy masalasida qator noqulayliklarga duch kelganini, ayniqsa ipoteka krediti va subsidiya asosida rasmiylashtirilgan uy-joy bilan bog‘liq moliyaviy masalalar yechimsiz qolayotganini bayon etgan. Shuningdek, u aprel-may oylariga tegishli kompensatsiya to‘lovlarini olishda ham muammoga duch kelganligini ma’lum qilgan.


Mazkur murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilot tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning vajlari, qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari, uy-joy topshirilishi bilan bog‘liq holatlar hamda kompensatsiya to‘lovlari masalasi tahlil qilindi.
Masalani ijobiy hal etish maqsadida mutasaddilar tomonidan amaliy o‘rganishlar olib borilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Olib borilgan ishlar natijasida fuqaro ipotekaga oid aprel-may oylaridagi kompensatsiya pulini olishda amaliy yordamga ega bo‘ldi. Shu tariqa, iste’molchining murojaati yuzasidan muhim masala ijobiy hal etilib, uning huquqiy manfaatlarini ta’minlash borasida amaliy natijaga erishildi. 


Mazkur holat uy-joyni ipoteka krediti va subsidiya asosida xarid qilish jarayonida fuqarolar shartnoma shartlariga, to‘lovlar tartibiga, kompensatsiya mexanizmlariga hamda quruvchi tashkilot majburiyatlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Ayniqsa, qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmasa yoki uy-joy topshirish muddatlari buzilsa, iste’molchi o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilishga haqli.
Shuningdek, bunday vaziyatlarda fuqarolar muammoni e’tiborsiz qoldirmasdan, tegishli idoralarga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishi muhimdir. Chunki o‘z vaqtida bildirilgan murojaat ko‘plab masalalarning qonuniy va amaliy yechim topishiga xizmat qiladi.


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda turli sohalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening