Выберите язык

“Namangan haqiqati” gazetasida hududiy birlashma faoliyati yoritildi

2026-yil 25-iyun kuni chop etilgan “Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi faoliyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Maqolada Norin tumanida fuqarolarning murojaatlari asosida chiqindi olib chiqish xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar, aniqlangan holatlar hamda iste’molchilar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar yoritilgan.

Hududiy birlashma tomonidan aholining iste’mol madaniyatini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan adolatli munosabatlarni ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening