Выберите язык

Yoshlar qalbiga yo‘l topish, ularning muammolariga yechim bo‘lish va ertangi kuniga ishonch bag‘ishlash — bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilib, joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

Andijon viloyati hokimining topshirig‘iga asosan Andijon shahar Yangi Bo‘ston MFYga biriktirilgan vakil — Andijon viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘.Mashrabov o‘ziga biriktirilgan yosh fuqaro B. Bekmurod bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida B.Bekmurodning “Imkon Avto” MCHJdagi mehnat faoliyati o‘rganilib, mavjud muammolari va ehtiyojlari yuzasidan samimiy muloqot o‘tkazildi. Yosh fuqaroning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lishi, zarur masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.

Shuningdek, O‘.Mashrabov tomonidan B. Bekmurodning bo‘lajak nikoh to‘yini homiylik asosida tashkil etish va o‘tkazishda ko‘mak berilishi ma’lum qilindi. Bu esa yoshlar manfaatlariga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening