Выберите язык

   2026-yil 16-iyun kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani "Oqchobsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro D.Q. Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, o‘ziga yetkazilgan moddiy zarar yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Nurota tumani "Qizilcha" MFY hududida joylashgan avtomobillarga benzin quyish shoxobchasida avtomobiliga 300 ming so‘mlik benzin quydirgan. To‘lovni amalga oshirish maqsadida operator xonasi oynasiga joylashtirilgan QR-kodni mobil ilova orqali skanerlagan.
Biroq ehtiyotsizlik oqibatida 300 ming so‘m o‘rniga 3 million so‘m pul mablag‘i o‘tkazib yuborilgan.   Natijada 2 million 700 ming so‘m ortiqcha to‘lov amalga oshirilgan.
Holat aniqlangach, fuqaro darhol shoxobcha operatoriga murojaat qilgan. Ammo operator tomonidan QR-kod eski ekanligi, mablag‘ qaysi hisob raqamiga tushganini aniqlashning imkoni yo‘qligi va pul mablag‘ini qaytarib berish masalasi bo‘yicha aniq yechim taqdim etilmagan.
Shundan so‘ng Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganildi. To‘lovga oid hujjatlar, elektron tranzaksiya ma'lumotlari hamda mas'ul shaxslar bilan olib borilgan suhbatlar natijasida ortiqcha to‘langan mablag‘ning manzili aniqlandi va muammoni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida fuqaroning qonuniy manfaatlari tiklanib, ortiqcha to‘langan 2 million 700 ming so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga erishildi.
Mazkur holat iste'molchilar uchun muhim saboq bo‘lib xizmat qiladi. Elektron to‘lovlarni amalga oshirishdan avval to‘lov summasini sinchkovlik bilan tekshirish, foydalanilayotgan QR-kodning amaldagi va to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar esa mijozlar foydalanadigan to‘lov vositalarining dolzarbligini muntazam nazorat qilib borishlari zarur.
Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ushbu murojaatning ijobiy hal etilgani iste'molchilarning qonuniy huquqlari amalda himoya qilinayotganining yana bir yorqin namunasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening