2026-yil 18-iyun kuni Karmana tumanida joylashgan NGMKga qarashli “Metallurg” sihatgohida “Iste'molchi doim qonun himoyasida” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy viloyati hududiy birlashmasi hamda Karmana,Navbahor tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillari tomonidan iste'molchilarning qonuniy huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga iste'molchi sifatida sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish, nuqsonli mahsulotlar bo‘yicha o‘z huquqlarini talab qilish, shuningdek, yuzaga keladigan muammolar bo‘yicha Federatsiyaning hududiy bo‘linmalariga hamda 1091 ishonch raqamiga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
Tadbir savol-javoblar ruhida o‘tib, ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan tegishli tavsiya va tushuntirishlar oldilar.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda a'zolikning afzalliklari haqida ma'lumot berildi. Natijada sihatgohning bir qator ishchi-xodimlari Federatsiya a'zoligiga qabul qilinib, ularga a'zolik hujjatlari rasmiylashtirildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
ISTE'MOLCHI DOIM QONUN HIMOYASIDA
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 43
























