Выберите язык

  Navoiy shahrida yoz mavsumida aholiga taklif etilayotgan yaxna ichimliklar va muzqaymoqlarning sifati, ularni saqlash hamda realizatsiya qilish sharoitlari yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

  O‘rganishlar davomida savdo nuqtalarida iste'molchilarga taqdim etilayotgan mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash harorati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish sifati alohida e'tiborga olinmoqda.Shuningdek, muzqaymoq va yaxna ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga iste'molchilar huquqlarini ta'minlash, mahsulotlar xavfsizligini kafolatlash va amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi iste'molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishini ta'minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish hamda iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Bu kabi nazorat va monitoring tadbirlari yoz mavsumi davomida muntazam ravishda davom ettirilishi rejalashtirilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening