Выберите язык

Boysun tumanida iste’molchining sifatsiz mahsulot bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Boysun tumani “Tog‘chi” mahallasida yashovchi fuqaro A.T. tuman hududidagi aralash mollar savdo do‘konidan 2 800 000 so‘m evaziga laminat mahsuloti xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida uning sifatsiz ekani aniqlangan. Iste’molchi ushbu holat yuzasidan savdo do‘koni xodimiga murojaat qilib, mahsulotni qaytarib olish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasini ko‘targan. Ammo uning murojaati joyida ijobiy hal etilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilib, sifatsiz laminat uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, tuman jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati hamda savdo do‘koni faoliyati bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli mahsulot xarid qilish huquqi hamda nuqsonli mahsulot aniqlanganda sotuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlar tushuntirildi.

Olib borilgan o‘rganish va tushuntirish ishlari natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Fuqaro A.T.ga sifatsiz laminat mahsuloti uchun to‘langan 2 800 000 so‘m mablag‘ qaytarib olib berildi.

Shu tariqa iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, uning buzilgan huquqi tiklandi.

Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchi xarid qilgan mahsulot sifatsiz bo‘lib chiqqan taqdirda, u o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilishga haqli. Bunday vaziyatda iste’molchi mahsulotni almashtirishni, nuqsonlarini bartaraf etishni yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni talab qilishi mumkin.

Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarga huquqiy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening