Выберите язык

Bogʻot tumani Koʻhna Birlashuv MFYda yashovchi fuqaro Gʻ.Z. tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda isteʼmolchi Bogʻot tumanidagi savdo doʻkonlaridan xarid qilgan "Ziffler" rusumli muzlatgichda nosozlik yuzaga kelgani, ushbu holat yuzasidan sotuvchi va servis xizmati vakillariga murojaat qilganiga qaramay, unga kafolat doirasida xizmat ko'rsatish rad etilganini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Bogʻot tuman jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda oʻrganildi. Oʻrganish natijasida isteʼmolchining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, mahsulotga servis xizmati ko'rsatildi hamda murojaat ijobiy hal etildi.

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening