Выберите язык

   Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida yana bir fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
  Zarafshon shahrida fFuqaro tomonidan xarid qilingan "Avalon" rusumli konditsionerdan xonadonda foydalanish jarayonidayoq texnik nuqsonlar aniqlangan. Iste'molchi muammoni bartaraf etish maqsadida sotuvchiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning talabi qanoatlantirilmagan.
  Shundan so‘ng fuqaro o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida Zarafshon  shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
 Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida masala iste'molchi foydasiga hal etildi. Natijada nuqsonli "Avalon" rusumli konditsioner bepul ta'mirlanib, soz holatda iste'molchiga topshirildi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening