Выберите язык

Urganch shahar Navbahor MFYda yashovchi fuqaro O.O. tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda isteʼmolchi joriy yilning 22-aprel kuni Urganch shahridagi Yangi Shovot yoʻlida joylashgan "T" savdo doʻkonidan goʻsht maydalagich xarid qilgani, undan foydalanish jarayonida mahsulotda nosozlik aniqlangani hamda unga kafolat doirasida servis xizmati koʻrsatilishida amaliy yordam soʻraganini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasida isteʼmolchining qonuniy talabi taʼminlanib, goʻsht maydalagichga servis xizmati koʻrsatilishi taʼminlandi.

Natijada isteʼmolchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening