Выберите язык

⚡️Qamashi tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi 

Bugungi kunda internet texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ta’lim, tibbiyot, biznes, davlat xizmatlari va kundalik muloqotni ham internet tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois aholiga ko‘rsatilayotgan internet xizmatlarining sifati yuqori bo‘lishi — nafaqat texnik zarurat, balki iste’molchilarning qonuniy huquqidir.

📍Qashqadaryo viloyati

Yaqinda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga Qamashi tumanida yashovchi fuqaro J.P  tomonidan murojaat kelib tushdi.

Isteʼmolchi oʻz murojaatida, jiyani Bozorov Dilshod xonadoniga foydalanishga deb wi-fi oʻrnatish uchun shartnoma tuzgan. Mana 2 oydirki wi-fi internet tarmogʻini oʻrnatib bermayotganligidan norozi boʻlib murojaat qilgan. 

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun doirasida atroflicha oʻrganib chiqishdi. Oʻrganishlar natijasida, ikki tomon fikrlari eshitilib, isteʼmolchi haqligi aniqlanib, anchadan buyon yechilmay kelayotgan muammoga chek qoʻyildi va fuqaro xonadoniga wi-fi oʻrnatib berildi.

Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa va o‘z vaqtida murojaat qilsa, muammo tezkor va adolatli hal etiladi.

✅ Shuningdek, bunday misollar aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir fuqaro sifatli xizmat olishga haqli, xizmat ko‘rsatuvchi esa bu huquqni ta’minlab berishi lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening