Выберите язык

Yoz mavsumida dam olish maskanlari, dala hovlilari va oilaviy oromgohlarga talab keskin ortadi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va e'lonlar joylashtiriladigan platformalarda dam olish xizmatlarini reklama qilayotgan sahifalar ham ko'paymoqda.
So'nggi paytlarda iste'molchilar orasida bir holatdan noroziliklar tez-tez uchramoqda. Internetdagi reklamada "18 kishilik dala hovli – 900 ming so'm" yoki shunga yaqin narx ko'rsatiladi. Biroq e'londa ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilinganda mutlaqo boshqa narx aytiladi. Ba'zan xizmat narxi 1,8 million yoki 2 million so'm ekani ma'lum qilinadi. Ayrim hollarda esa reklamadagi narx "eski", "faqat ish kunlari uchun", "faqat ma'lum sanalar uchun" yoki "allaqachon band bo'lgan uy"ga tegishli ekani vaj sifatida keltiriladi.
Tabiiy savol tug'iladi: agar xizmat aslida boshqa narxda taklif etilayotgan bo'lsa, nega reklamada arzon narx ko'rsatilmoqda?
Mutaxassislarning fikricha, ayrim hollarda bunday usul iste'molchining e'tiborini jalb qilish maqsadida qo'llaniladi. Natijada fuqaro reklamadagi narxga ishonib vaqt sarflaydi, qo'ng'iroq qiladi yoki yozishma boshlaydi. Asl narx ma'lum bo'lgach esa tanlov qilish imkoniyati cheklanadi.
"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, iste'molchi xizmat haqida to'liq, haqqoniy va ishonchli axborot olish huquqiga ega. Xizmatning narxi, undan foydalanish shartlari, qo'shimcha to'lovlar va cheklovlar iste'molchidan yashirilmasligi yoki uni chalg'itadigan tarzda taqdim etilmasligi lozim.
Agar reklamada ko'rsatilgan narx faqat muayyan kunlarga, ma'lum shartlarga yoki cheklangan xizmat turiga tegishli bo'lsa, bu haqda reklamaning o'zida aniq va tushunarli ma'lumot berilishi zarur. Aks holda iste'molchida noto'g'ri tasavvur shakllanishi mumkin.
Dam olish maskanini tanlashdan oldin quyidagilarni aniqlashtirish tavsiya etiladi:
reklamadagi narx aynan qaysi sana va shartlar uchun amal qiladi;
narxga qanday xizmatlar kiritilgan;
qo'shimcha to'lovlar mavjud yoki mavjud emasligi;
bron qilish va bekor qilish shartlari;
reklama e'loni, yozishmalar va to'lov hujjatlarini saqlab qo'yish.
Agar siz reklamada ko'rsatilgan narx bilan amalda taklif etilgan narx o'rtasida asossiz tafovut mavjud deb hisoblasangiz yoki xizmat yuzasidan chalg'ituvchi axborot berilgan bo'lsa, holatga oid dalillarni saqlagan holda murojaat qilishingiz mumkin.
📞 O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining  1091 ishonch telefoni.
Shaffof va haqqoniy axborot iste'molchining qonuniy huquqi, halol raqobatning esa muhim shartidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening