Выберите язык

Suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash aholining yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, ta’minot uzluksizligini ta’minlash hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois Andijon viloyatida suyultirilgan gaz ballonlarini belgilangan tartibda yetkazib berish, bo‘sh ballonlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish va ta’minot jarayonlarini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Bo‘ston tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti holatini o‘rganish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i, tumanga biriktirilgan mas’ul O‘tkirbek Mashrapov rahbarligida tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda SHTAB tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

SHTAB tomonidan mahallalar kesimida o‘rganishlar tashkil etilib, suyultirilgan gaz ballonlarining xonadonlarga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, bo‘sh ballonlarni yig‘ib olish jarayonlari xonadonma-xonadon nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, tegishli mutaxassislar ishtirokida xonadonlarda o‘rnatilgan gaz hisoblagichlarining texnik holati, ishlash jarayoni va ko‘rsatkichlarining aniqligi joyiga chiqqan holda tekshirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Nazorat tadbirlari doirasida aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Joylarda aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari o‘rganilmoqda. Xonadon egalari gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan rozi ekanliklarini ta’kidlamoqdalar.

Aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening