Nurota tumanida iste’molchining buzilgan huquqi tiklandi.
Nurota tumani “Nurobod” MFY hududida yashovchi fuqaro A.S.N. tuman Tibbiyot birlashmasi yonida joylashgan dorixonadan retsept asosida dori vositasi xarid qilgan. Biroq dorixona sotuvchisi tomonidan retseptda ko‘rsatilgan dori o‘rniga boshqa dori berilganidan norozi bo‘lib, tegishli tartibda murojaat qilgan.
🔹 Mazkur murojaat Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, dorixona sotuvchisiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari, jumladan, iste’molchiga tegishli va sifatli mahsulotni taqdim etish hamda retsept asosida dori vositalarini belgilangan tartibda berish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
💰 Murojaatni o‘rganish natijasida fuqaroning buzilgan iste’molchi huquqi tiklandi. Dori vositasi uchun to‘langan 500 000 (besh yuz ming) so‘m pul mablag‘i fuqaro A.S.N.ga qaytarib berildi.
⚖️ Mazkur holat, ayniqsa, dori vositalarini realizatsiya qilishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, iste’molchilarga retseptda belgilangan dori vositasini to‘g‘ri taqdim etish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
✅ Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda buzilgan iste’molchi huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.
RETSEPTDAGI DORI O‘RNIGA BOSHQA DORI BERILDI (MI ?)
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 387
























