Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Namangan viloyati hududiy birlashmasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari
Yig‘ilish davomida tizimda korrupsiyaning oldini olish, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini kuchaytirish masalalari muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi.
Monitoring natijalari va tahlili
Hududlarda o‘tkazilgan monitoring ishlari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar, iste’molchilarning murojaatlari hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralarini kuchaytirish. Monitoring natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda tegishli tashkilotlarga kiritish masalasi alohida ta’kidlandi.
Maishiy chiqindilar va BSK xizmatlari
Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, ko‘p qavatli uylarda BSK (boshqaruv servis kompaniyalari) faoliyati yuzasidan e’tirozlarni o‘rganish va tizimli choralar ko‘rish muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda joylarga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish hamda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Tayanch guruhlar faoliyati
Hududlarda tayanch guruhlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularni buyruqlashtirish va aniq vazifalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sud-huquq yo‘nalishi
Iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi.
Sud organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, iste’molchilar manfaatlarini sudda himoya qilish bo‘yicha yetarli ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Huquqiy savodxonlikni oshirish, da’vo arizalarini sifatli tayyorlash va natijadorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Moddiy-texnik baza va hujjatlashtirish
Jamiyat balansidagi bino-inshootlar hamda xizmat avtomobillarini hujjatlashtirish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va yuritish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Bu borada tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul ijrochilar hamda bajarish muddatlari belgilandi. Hududiy birlashma tomonidan iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, tizimda shaffoflikni ta’minlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
























