Выберите язык

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli maktabda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabida “Biz hammamiz iste’molchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish, kundalik hayotda uchraydigan muammolarga to‘g‘ri yondashish hamda ularni qonuniy tartibda hal etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, suhbat jarayonida iste’mol madaniyatini shakllantirish, sifatli mahsulot va xizmatlarni tanlash, huquqiy savodxonlikni oshirish kabi muhim jihatlar muhokama qilindi.

Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, mavzu yuzasidan savollarga javoblar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening