Выберите язык

Aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini o‘rganish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, kontrafakt hamda iste’molga yaroqsiz mahsulotlarning savdoga chiqarilishining oldini olish maqsadida Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan savdo shаxobchalari va bozorlarda jamoatchilik monitoringlari o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahsulotlarning sifati, saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddati, narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlari nazorat qilinmoqda.

Monitoring jarayonlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, tizimli muammolar hamda takliflar vakolatli davlat organlariga kiritib borilmoqda. Mazkur tadbirlar hududda iste’mol madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening