Выберите язык

Iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona o‘rganib, yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi iste’molchi S.Sh. avtomobil xaridi bilan bog‘liq masalada huquqiy va amaliy yordam so‘rab Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro “H B” avtosaloni bilan amalga oshirilgan hisob-kitoblar jarayonida undan belgilangan miqdordan ortiqcha pul undirilgani, ushbu mablag‘ni qaytarib olishda amaliy yordam zarurligini bildirgan.

Iste’molchining murojaati Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar va to‘lov ma’lumotlari tahlil qilinib, avtosalon mas’ullari bilan muzokaralar olib borildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida iste’molchidan ortiqcha olingan 62 950 000 (oltmish ikki million to‘qqiz yuz ellik ming) so‘m mablag‘ “H B” avtosaloni tomonidan to‘liq qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening