Выберите язык

Yangi xarid qilingan avtomobilda texnik nosozlik yuzaga kelishi xaridor uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Ayniqsa, katta mablag‘ evaziga sotib olingan transport vositasidan foydalanishda kamchiliklar aniqlansa, iste’molchi o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi iste’molchi M.Sh. ham yangi xarid qilgan “Captiva 5” rusumli avtomobili bilan bog‘liq muammo yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro shahar jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi 330 million so‘mga yangi “Captiva 5” rusumli avtomobil xarid qilgan. Biroq avtomobildan foydalanish jarayonida muayyan texnik muammolar yuzaga kelgan. Mazkur holat iste’molchining noroziligiga sabab bo‘lib, u muammoni qonuniy tartibda hal etishda amaliy yordam so‘ragan.

Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, avtomobil bilan bog‘liq holat yuzasidan tegishli tomonlar bilan muzokaralar olib borildi. Iste’molchining manfaatlarini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishiga erishildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 330 million so‘mga yangi xarid qilingan “Captiva 5” avtomobili tegishli servis xizmatidan o‘tkazilib, mavjud texnik muammolar bartaraf etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening