Выберите язык

Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, iste’molchilarning bu boradagi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchi A.E.ning murojaati ham amaliy choralar ko‘rilishi natijasida ijobiy yechim topdi.

Iste’molchi A.E. yashash hududidagi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozliklar sababli qator noqulayliklarga duch kelayotganini bildirib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining G‘ijduvon tuman jamiyatiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida iste’molchi istiqomat qilayotgan hududdagi elektr tarmog‘ida mavjud nosozliklar aniqlanib, tegishli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Elektr tarmog‘ining nosoz qismlari sozlanib, iste’molchiga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi. Natijada fuqaro A.E.ning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi manfaatlari ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening