Выберите язык

Iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda. Navbatdagi murojaat ham iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.

Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro P.S. qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida savdo shoxobchasidan jami 4 730 000 so‘mlik qurilish mollari xarid qilgan.

Biroq xarid bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammo sababli iste’molchi o‘z mablag‘ini qaytarib olishda qiyinchilikka duch kelgan. Masalani mustaqil ravishda hal eta olmagach, fuqaro amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Murojaat hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan savdo shoxobchasi mas’ullari bilan tegishli tushuntirish va muzokaralar olib borildi. Iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida masala ijobiy yechim topdi.

Natijada fuqaro P.S.ning qurilish mollari uchun to‘lagan 4 730 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi va uning iste’molchi sifatidagi huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening