Buxoro viloyati delegatsiyasi Namangan viloyatida tajriba almashdi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi hamda uning tarkibidagi tuman (shahar) jamiyatlari raislari va mas'ul xodimlaridan iborat delegatsiya tajriba almashish, hududiy tuzilmalar faoliyatini o‘rganish hamda Federatsiya a'zoligiga qabul qilish jarayonlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar dastlab Namangan viloyat hududiy birlashmasi faoliyati bilan tanishib, iste'molchilar murojaatlari bilan ishlash, buzilgan huquqlarni tiklash, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot oldilar.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari To‘raqo‘rg‘on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. U yerda murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, iste'molchilarga huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, a'zolikni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda aholi bilan manzilli ishlash tajribasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tajriba almashish uchrashuvlari davomida iste'molchilarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash hamda hududiy jamiyatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatlari davomida ishtirokchilar tomonidan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilib, hududiy birlashmalar faoliyatida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, a'zolik bazasini kengaytirish va iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, bunday tajriba almashuv tashriflari hududiy tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va To‘raqo‘rg‘on tuman jamiyatining amaliy tajribasi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Buxoro viloyati delegatsiyasi Namangan viloyatida tajriba almashdi
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 24
























