Выберите язык

Yunusobod tumanida  iste'molchilar huquqlarini ta'minlash hamda  huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati  tomonidan  1-sonli Bolalar Klinik Shifoxonasida  hodimlari uchun maxsus o’quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida shifoxona hodimlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik, huquqiy me’yorlar va ularning kundalik faoliyatdagi ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ishchi xodimlar iste’molchi sifatida o’z huquqlarini qanday himoya qilish, muammoli vaziyatlarda qanday yo’l tutish kerakligi haqida ma'lumotga ega bo'ldilar. 

Tadbir davomida fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilishda mavjud bo‘lgan amaliy mexanizmlar, jumladan vakolatli tashkilotlarga murojaat etish tartibi, yozma hamda elektron arizalar yuborish qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoni orqali fuqarolarning murojaatlarini  tezkor qabul qilish tizimi yo'lga qo'yilganligi haqida ham ma'lumot berildi.

Mazkur o'quv seminari fuqarolar huquqiy savodxonligi hamda iste'mol madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening