Выберите язык

   Tomdi tumani hududiy elektr tarmoqlari bo‘limi rahbari J. Kaljanov bilan iste'molchilar madaniyatini yuksaltirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda Tomdi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga a'zolikni yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida aholining iste'molchi sifatidagi huquqiy bilimlarini oshirish, iste'mol madaniyatini shakllantirish va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.     Shuningdek, fuqarolarni "Iste'molchilar" jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni jamiyat a'zoligiga jalb etish hamda a'zolikning afzalliklari haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi ta'kidlandi.
   Tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, elektr energiyasi iste'molchilari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazish orqali aholining iste'molchi sifatidagi faolligini oshirish borasida kelishib oldilar.
   Mazkur hamkorlik iste'molchilarning qonuniy huquqlarini ta'minlash, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda jamiyatda iste'mol madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening