Выберите язык

   2026-yil 20-may kuni Karmana tumani “Malik” MFYda yashovchi fuqaro H. Sh. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch raqamiga murojaat qilib, uning nomiga chiqindi xizmati bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblangani yuzasidan noroziligini bildirgan.
   Murojaat Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida fuqaro nomiga chiqarilgan qarzdorlik holati tahlil qilinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
   Natijada fuqaro tomonidan bildirilgan e’tirozlar o‘z tasdig‘ini topib, uning nomiga noto‘g‘ri hisoblangan chiqindi xizmati bo‘yicha qarzdorlik bekor qilindi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqishda muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda Federatsiyaning 1091 ishonch raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening