Выберите язык

Ko‘pchiligimiz uyga yangi buyum olsak, quvonamiz. Biroq o‘sha texnika tez orada buzilib qolsa qanday yo‘l tutasiz? Xuddi shunday holat Shumanay tumanida yuz berdi.

Fuqaro Zamira Nazibekova tuman markazida joylashgan texnika do‘konidan chang yutgich sotib oladi, biroq ikki oyga bormay buyum rozetkaga barqaror kirmay, qo‘rqinchli holat yuzaga kelganini bildirdi.

Shuningdek, sotuvchi tomonidan chek berilmaganidan va masala ijobiy hal etilmayotganidan norozi bo‘lib, Shumanay tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.

Jamiyatning aralashuvi bilan qonun asosida tushuntirish ishlari olib borildi, natijada sotuvchi va xaridor o‘zaro kelishuvga erishdi hamda chang yutgich yangisiga almashtirib berildi. Shu bilan birga, chek masalasida ham ijobiy yechim topilishi va'da qilindi.

Jurnalist fikri: Buyum sotib olayotganda va sotayotganda xavfsizlik qoidalariga hamda qonuniy munosabatlarga (chek talab qilishga) e'tiborli bo‘laylik. Yaxshi kelishuv — tinch turmush kafolati!
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening