Выберите язык

CHIQINDI OLIB KETILMAGANI BO‘YICHA MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro “Namangan musaffo iqlim” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, bir oydan buyon maishiy chiqindilar olib ketilmayotganidan noroziligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Davlatobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga tegishli tartibda aloqa xati yuborildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro to‘lovlarni qo‘lda yozilgan kvitansiyalar orqali amalga oshirgani, biroq ushbu to‘lovlar tashkilotning elektron bazasida aks etmagani sababli uning nomiga asossiz qarzdorlik shakllangani ma’lum bo‘ldi.
Fuqaroning to‘lov kvitansiyalari “Namangan musaffo iqlim” MCHJning Davlatobod tuman filialiga taqdim etilib, solishtirma dalolatnoma tuzildi. Natijada fuqaroning nomiga hisoblangan noreal qarzdorlik bartaraf etildi.

Shuningdek, fuqaroga hududga biriktirilgan maxsus chiqindi tashish transport vositalarining harakat jadvali bo‘yicha tushuntirish berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening