Iste’molchilar tomonidan xarid qilingan mahsulotlar yuzasidan yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni qonuniy tartibda hal etish hamda ularning manfaatlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Navbatdagi murojaat ham iste’molchi foydasiga hal etildi.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga joriy yilning 14-iyul kuni Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali iste’molchi tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Toshkent shahridagi O‘rikzor bozori 5-blokida joylashgan savdo do'konidan 5-iyul kuni 410 AQSH dollari qiymatidagi eshik qulfini xarid qilgani, biroq mahsulot o‘z talabiga mos kelmagani sababli uni boshqa turdagi qulfga almashtirish istagini bildirganini ma’lum qilgan.
Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi 10-iyul kuni sotuvchiga murojaat qilib, mahsulotni almashtirib berishni so‘ragan. Biroq sotuvchi tomonidan mahsulotni almashtirish yoki mablag‘ni qaytarish rad etilgani sababli fuqaro amaliy yordam so‘rab Federatsiyaga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Uchtepa tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida savdo do‘koni vakillari bilan muzokaralar olib borilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Natijada iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, qiymati 410 AQSH dollariga teng bo‘lgan eshik qulfi fuqaro tanlagan boshqa turdagi mahsulotga almashtirib berilishiga erishildi.
Mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan ishlar iste’molchi va sotuvchi o‘rtasidagi masalani o‘zaro kelishuv asosida hal etish imkonini berdi. Bu esa fuqarolarning murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ldi.
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi: qiymati 410 AQSH dollariga teng bo‘lgan eshik qulfi almashtirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 18
























