Выберите язык

Chiqindi xizmati bo‘yicha asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Ishonch telefoniga Namangan tumanida yashovchi fuqaro murojaat qilib, chiqindi xizmati bo‘yicha shartnoma tuzmagan va xizmatdan foydalanmagan bo‘lsa-da, MY.GOV.UZ platformasida uning nomiga qarzdorlik aks etayotganidan norozi ekanini bildirgan.
Murojaat Namangan tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida qarzdorlik maishiy chiqindi xizmatiga oid ma’lumotlar kadastr raqami orqali boshqa abonent ma’lumotlari bilan noto‘g‘ri bog‘lanib qolishi natijasida yuzaga kelgani aniqlandi.
Mutaxassislarning amaliy aralashuvi natijasida fuqaroning nomiga noto‘g‘ri biriktirilgan qarzdorlik olib tashlanib, masala ijobiy hal etildi. Shuningdek, kelgusida bunday texnik xatoliklar takrorlanmasligi uchun fuqaroga alohida abonent hisobini shakllantirish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Iste’molchi murojaati e’tiborsiz qolmadi, mavjud muammo amaliy choralar orqali bartaraf etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening