Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Urganch tumani Qaychili MFYda yashovchi fuqaro J.Q. Urganch shahrida joylashgan savdo do‘konidan iPhone 15 Pro Max rusumli mobil telefonni 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘mga xarid qilgan.
Biroq telefondan foydalanish jarayonida, xariddan bir necha kun o‘tib, unda nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli fuqaro savdo do‘koniga murojaat qilgan.
Ammo do‘kon xodimlari nosoz telefonni yangisiga almashtirib berishdan bosh tortgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilgan.
Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada iste’molchi tomonidan telefon uchun to‘langan 12 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Shu tariqa fuqaro J.Q.ning murojaati ijobiy hal qilindi.
Mazkur holat iste’molchilarning sifatsiz yoki nosoz mahsulot yuzasidan o‘z huquqlarini talab qilishlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishlari muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqlaringiz buzilgan taqdirda, tegishli tartibda murojaat qilib, o‘z qonuniy manfaatlaringizni himoya qilishingiz mumkin.
Nosoz telefon uchun 12 million so‘m mablag‘ iste’molchiga qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Xorazm viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 36
























