Выберите язык

⚡️ Chiroqchi tumanida yashovchi yana bir fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi 

Kommunal to’lovlar, ularni tizimli va muddatli to’lash madaniyati, texnik xatoliklar tufayli vujudga kelgan noreal qarzdorliklar, ularni so’ndirish bilan bog’liq masalalar xususida qator maqolalar chop etilgan.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro S.T ni  uyiga, uyda hechkim yoʻqligidan foydalanib, onlayn hisoblagichni elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari kelib oʻrnatib ketgan. Oradan bir necha oy vaqt oʻtib, elektr tarmoqlari korxonasiga borib soʻrab surishtirilganda, fuqaroga 20  000 000 soʻm qarzdorlik chiqib kelganligi aniqlandi. Isteʼmolchi nima uchun bunday holatga kelganligini soʻrab  murojaat qilganida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari mensimay eshitishni ham istamagan. 

✅ Shundan soʻng isteʼmolchi Chiroqchi tumani jamiyati mutaxassislari amaliy yordam soʻrash maqsadida murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari tomonidan masalani atroflicha o‘rganib chiqilib, fuqaro nomida boʻlgan 20 000 000 soʻmlik noreal qarzdorlik bekor qilib berildi.

Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening