Выберите язык

⚡️Oldi-sotdi jarayonida tovar iste'molchiga but holda topshirilishi kerak

Kredit savdo do‘konidan biron bir tovarni, aytaylik telefon apparatini bo‘lib to‘lash shartlarida olgan vaqtingizda, sotuvchi tomonidan uning qutisini (albatta ichidagi mavjud yo‘riqnoma va boshqa hujjatlarini ham) to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng berilishi sharti bilan olib qolinishi holatiga duch kelgan bo‘lsangiz kerak? Albatta, bu kabi holatlarda o‘z haq-huquqlaridan biroz xabardor bo‘lgan iste'molchi tovar unga to‘liq (but) holda topshirilishini talab qilgan bo‘lar edi. Lekin ko‘pchilik yurtdoshlarimiz tovar qo‘liga tekkanidan xursand bo‘lib, qutisini mayli, keyin olarman qabilida ish tutib ketaveradilar. 

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro N.N Qarshi shaharda "Korzinka" savdo majmuasida joylashgan"Apple House " MCHJ ga qarashli savdo doʻkonidan 8 392 500 soʻmga kredit shartnoma asosida "iPhone 11 Pro Max" qoʻl telefonini xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib,  qoʻl telefon ishlamay nosoz holga kelib qolgan. Isteʼmolchi holatni tushuntirish maqsadida savdo majmua rahbariga murojaat qilib borganida,  doʻkon rahbari eshitishni ham istamagan. 

Shundan soʻng,  fuqaro Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Qashqadaryo viloyati hududiy birlashma raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov hamda maʼrifiy targʻibot ,  monitoring va axborot - tahlil shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyevlar murojaatni oʻrganib, savdo doʻkoni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari hamda isteʼmolchining huquqlari atroflicha tushuntirildi.

Natijada, olib borilgan tushuntirish va huquqiy choralar samarasida savdo do‘koni mas’uliyat bilan yondashdi va 8 392 500 so‘mga kredit shartnomasi asosida xarid qilingan nosoz  "iPhone 11 Pro Max" qoʻl telefoni savdo doʻkoniga qaytarib berildi va kredit shartnomasi bekor qilindi.

✅ Mazkur holat iste’molchi huquqlari har doim e’tibor markazida ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Jamiyatimiz esa fuqarolarning bunday muammolarini hal etishda doimo ko‘mak berishga tayyor.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening