Выберите язык

⚡️ Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  bilan  ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat va Nuroniylar markazi" binosida" Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste'mol madaniyatini oshirishda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan "ijtimoiy sheriklik va hamkorlik" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda: Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari 1 - oʻrinbosari Umida Toʻxtasheva va Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov, maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot - tahlili shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyev,  hududiy birlashma raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha  maslahatchisi - matbuot kotibi Botir Meyliyev, hududiy birlashma hisobchisi Yusuf Toʻrayev  hamda Nishon, Qarshi tumani va Qarshi shahar jamiyati raislari ishtirok etishdi. 

Muloqot jarayonida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi va hamkorligining o‘rni va ahamiyati, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 

✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening