Выберите язык

2026-yil 15-aprel kuni Nurota tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabida Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan federatsiya a’zoligiga jalb qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — tashkilot faoliyatini kengaytirish, jamoatdagi xodimlarni federatsiya a’zoligiga jalb etish va ularning huquqiy ongini oshirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, a’zolikning afzalliklari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, tadbirda qatnashgan xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar. A’zolik orqali fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilishda yanada faol bo‘lishlari, huquqiy yordam va maslahatlardan samarali foydalanishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida bir qator xodimlar ixtiyoriy ravishda federatsiya a’zoligiga kirish istagini bildirdilar. Bu esa jamiyat faoliyatiga bo‘lgan ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening