Выберите язык

Davlatobod tumanidagi umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish, ularni huquqiy jihatdan savodli etib tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida o‘quvchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, kundalik hayotda uchraydigan holatlar hamda ularni qonuniy himoya qilish usullari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, fuqarolarning murojaat qilish tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni ongli iste’molchi sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening