Выберите язык

Mingbuloq tumanidagi umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha bilimlarni oshirish, ularni huquqiy jihatdan savodli va ongli iste’molchi sifatida shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida o‘quvchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, kundalik hayotda uchraydigan turli vaziyatlar hamda ularni qonuniy himoya qilish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, fuqarolarning murojaat qilish tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Mazkur davra suhbatlari yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni ongli iste’molchi sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening