Выберите язык

Mingbuloq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inida aholi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida fuqarolarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, kundalik hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni qonuniy hal etish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari tushuntirildi.

Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan huquqiy asoslangan javoblar oldilar.

Bunday uchrashuvlar aholi manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongini yuksaltirish hamda muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening