Выберите язык

Norin tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar va xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning iste’molchilar huquqlari bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda bolalar va ota-onalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, xizmat ko‘rsatish jarayonida shaffoflik va mas’uliyat, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qonuniy hal etish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, fuqarolarning murojaat qilish tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida tarbiyachilar va xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Mazkur davra suhbatlari maktabgacha ta’lim tizimida xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening