Выберите язык

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktabida o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir pedagog xodimlarning iste’molchilar huquqlari borasidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, o‘quvchilarga huquqiy bilimlarni yetkazishda ularning rolini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida o‘qituvchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, ta’lim jarayonida uchraydigan turli holatlar hamda ularni qonuniy tartibda hal etish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan huquqiy asoslangan javoblar oldilar.

Mazkur davra suhbatlari pedagoglarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlar ongiga iste’mol madaniyatini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening