Выберите язык

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar va pedagoglarning iste’molchilar huquqlari borasidagi bilimlarini oshirish, o‘zaro hamkorlikda huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, kundalik hayotda uchraydigan holatlar hamda ularni qonuniy himoya qilish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan aniq va huquqiy asoslangan javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuvlar yoshlar ongiga iste’mol madaniyatini singdirish, pedagoglar faoliyatida huquqiy yondashuvni mustahkamlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening