Выберите язык

Norin tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar va xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning iste’molchilar huquqlari borasidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, bolalar va ota-onalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, xizmat ko‘rsatishda shaffoflik, mas’uliyat va sifat talablari, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qonuniy hal etish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, fuqarolarning murojaat qilish tartibi hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida tarbiyachilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan batafsil va huquqiy asoslangan javoblar oldilar.

Mazkur davra suhbatlari maktabgacha ta’lim muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening