Выберите язык

⚡️Chiroqchida tibbiyot xodimlari murojaatlari ijobiy hal etildi 

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati — bu sogʻliqni saqlash tizimining aholi salomatligini saqlab qolish, uni yaxshilash hamda profilaktik choralarni amalga oshirishdagi samaradorligini belgilovchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi.

📍Qashqadaryo viloyati

Bayon etilishicha, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolar Salayev Akbar va Rahimov Uygʻun 2024 - yili ish joyidan malaka oshirish uchun Qarshi shahriga yuborilgan. Ular, Qarshi shahriga bir oy oʻqib, sertifikat olib qaytgan. Lekin, shu kungacha ularni safar harajatlari buxgalteriya orqali toʻlab berilmagan. 

Mazkur holatdan norozi boʻlib Chiroqchi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib, tibbiyot birlashmasi bosh shifokori bilan yuzma-yuz suhbat olib borildi va tibbiyot birlashmasi buxgalteriya orqali xodimlar ololmay yurgan 2 100 000 soʻmdan ikkalasiga jami 4 200 000 soʻm xizmat safari harajatlari isteʼmolchilar huquqlari qonun doirasida hal qilib berildi.

✅ Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening