Выберите язык

QAYTARIB OLMAYMIZ DEYILGAN SIFATSIZ BASSЕYN PULI

Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan navbatdagi murojaat ijobiy hal etildi.

Fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining
1091 qisqa telefon raqami orqali murojaat qilib, Sardoba optom markazida joylashgan bolalar o‘yinchoqlari do‘konidan farzandlari uchun basseyn xarid qilganini ma’lum qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, 7-iyun kuni sotib olingan basseyn xonadonda ishlatib ko‘rilganda, undan suv oqib ketgani va mahsulot yaroqsiz holatda ekani aniqlangan. Fuqaro 8-iyun kuni mahsulotni do‘konga qaytarib olib borganida, sotuvchi uni yangisiga almashtirish yoki qaytarib olishni rad etgan.

Mazkur holat Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida do‘kon rahbari bilan qonunchilik doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada jamiyat aralashuvi bilan fuqaro tomonidan
360 000 so‘mga xarid qilingan nuqsonli basseyn do‘konga qaytarilib, mahsulot uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy huquqi tiklandi.

Iste’molchi huquqi — doimiy e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening