Выберите язык

NORINDA ISTE’MOLCHILAR MANFAATI HIMOYA QILINDI

Norin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlari asosida navbatdagi amaliy ish amalga oshirildi.

“Oriq nurli kelajak” MCHJ Norin tuman filiali hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Norin tuman ijro etuvchi apparati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida tumandagi 31 ta mahallada maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha ayrim abonentlarga xizmatlar tegishli darajada ko‘rsatilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish natijasida 80 ta xonadon bo‘yicha “Toza makon” billing elektron tizimida shakllangan jami 19 361 820 so‘m noreal qarzdorlik tizimdan chiqarilishiga erishildi.

Mazkur holat “Oriq nurli kelajak” MCHJ Norin tuman filiali hamda Norin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillari ishtirokida dalolatnoma asosida rasmiylashtirildi.

Natijada fuqarolarning asossiz qarzdorlik bilan bog‘liq muammosi bartaraf etilib, iste’molchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening