Выберите язык

Beruniy tumani, Muso Jalil ko‘chasi 45-uyda yashovchi fuqaro Sh.Sh zamonaviy aloqa xizmatidan foydalanish niyatida optik tolali («shisha kabel») internet tarmog‘iga ulanish uchun 235 000 so‘m pul to‘lagan.

Biroq, to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mutaxassislar tomonidan uskunalar o‘z vaqtida o‘rnatib berilmagan. Bu vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqaro Beruniy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga telefon orqali murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Ushbu murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borilishi natijasida mutaxassislar tomonidan fuqaroning uyiga borilib, «wi-fi» uskunasi o‘rnatib berildi va masala ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening