Выберите язык

CHORTOQ TUMANIDA ISTE’MOLCHI FOYDASIGA 24 MILLION SO‘MDAN ORTIQ MABLAG‘ UNDIRILDI

Chortoq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro manfaatlarini ko‘zlab olib borilgan murojaat sud orqali ijobiy hal etildi.

Aniqlanishicha, fuqaro tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar yuzasidan murojaat qilingan. Holat yuzasidan Chortoq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilib, iste’molchi manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur ish Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, sud qaroriga asosan javobgardan iste’molchi foydasiga jami 24 million 18 ming 900 so‘m mablag‘ undirish belgilandi hamda ijro varaqasi chiqarildi.

🔹 Chortoq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

📞 Huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening